18:50 / 01.05.2016
2739

«Yuventus» «Karpi»ni yengdi va g‘alabali seriyasini davom ettirdi

Futbol bo‘yicha Italiya chempionatining 36-turida «Yuventus» o‘z maydonida «Karpi»ni qabul qildi. Uchrashuv mezbonlarning 2:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

Turinliklar safida har ikki bo‘limda bittadan golni zaxira futbolchilari Ernanes va Simone Zaza o‘z hisobiga yozishgan. Bu g‘alaba orqali «Yuventus» chempionat doirasidagi g‘alabali seriyasini 10ta o‘yinga yetkazdi,  Massimiliano Allegri shogirdlari A seriyada 26 uchrashuvdan buyon mag‘lubiyat neligini bilmay kelishmoqda.

Muddatidan oldin chempionlikni nishonlagan «Yuventus» hisobidagi ochkolar ayni vaqtda 88tani tashkil qilmoqda. «Karpi» 35 ochko bilan 17-o‘rinda qolmoqda.

Italiya - A Seriya. 36-tur
Yuventus (Turin) – Karpi (Karpi) – 2:0
Gollar: Ernanes, 42 (1:0); Dzadza, 80 (2:0).
Yuventus – Buffon, Bonuchchi, Rugani, Evra, Aleks Sandro, Ernanes, Asamoa (Sturaro, 85), Kuadrado (Lixtshtayner, 74), Pogba, Morata (Zaza, 46), Manjukich.
Karpi – Belets, Sabelli, Romanoli, Dzakkardo, Galolo, Kofi, Martino (Lazanya, 66), Verdi (de Guzman, 85), Krimi (Porkari, 74), Suager, Mbakogu.
Ogohlantirishlar: Manjukich, 28; Rugani, 51; Bonuchchi, 66; Lixtshtayner, 90; Pogba, 90+1; Ernanes, 90+3 – Martino, 30; Krimi, 45+2.

 

Mavzuga oid
Top