12:40 / 02.05.2016
2585

Air France-KLM kompaniyasi direktorlar kengashi yangi rahbar nomini e'lon qildi

Air France-KLM direktorlar kengashi kompaniyaga yangi rahbar tayinlangani haqida ma'lum qildi. Transdev multimodal transport kompaniyasining hozirgi raisi Jan-Mark Janayak ushbu mansabga loyiq topilgan. Bu haqda RBK xabar berdi. 

Reuters agentligi Janayakning Air France-KLM rahbari etib tayinlanishi to‘g‘risida 30 apreldayoq xabarlar tarqatgan edi.

Yangi vazifasiga Janayak shu yilning avgust oyidan kirishishi belgilangan. Ungacha kompaniyaning hozirgi rahbari Aleksandr de Jyunyak o‘z o‘rnini ozod etadi.

Avvalroq, Jyunyakning o‘zi muddatidan avval iste'foga chiqishi to‘g‘risida ma'lum qilgandi. Endi u kelgusida havo transportlari xalqaro Assotsiatsiyasini boshqaradi. 

Jyunyak iste'foga chiqishi sabablari haqida gapirar ekan, o‘z oldiga qo‘ygan vazifalarini bajarganini aytdi – kompaniya ziyon keltirishdan to‘xtadi, shuningdek, qarzlarini ham sezilarli darajada kamaytirdi. 

Biroq, Reuters ma'lumotlariga ko‘ra, boshqaruvchining muddatidan avval kompaniyadan ketishiga kasaba uyushmalari bilan kelib chiqqan nizolar sabab bo‘lgan. Kasaba uyushmasi a'zolari 2,9 ming xodimni ishdan ketishini nazarda tutuvchi Air France inqirozga qarshi rejasiga o‘z noroziliklarini namoyish etgan. 

Air France-KLM Yevropa aviakompaniyalari eng yirik guruhi Air France, KLM. loukoster Transavia va boshqa tashuvchilarning egasi hisoblanadi.

Top