17:21 / 02.05.2016
4783

Floyd Meyvezer professional ringga qaytishi mumkinligi haqida ma'lum qildi

2015 yilning kuzida bokschilik faoliyatini yakunlagan Floyd Meyvezer o‘ziga ringga qaytishi uchun katta miqdordagi mablag‘ taklif qilingani haqida aytdi. U bu haqda Showtime telekanali efirida gapirgan.

«Ayni vaqtda men promouterlik kompaniyam faoliyati haqida qayg‘urish bilan bandman. Lekin shu bilan birga CBS va Showtime telekanallari bilan ringga qaytishim ehtimoli borasida muzokaralar o‘tkazmoqdaman.

Gap aqlga sig‘mas darajadagi katta mablag‘lar haqida ketmoqda. Lekin oldinda nima bo‘lishini aytish ilojsiz. Men ayni vaqtda o‘z ishlarimdan mamnunman – yosh bokschilarga promouter sifatida yordam bermoqdaman va shaxsiy kareram haqida o‘ylamayapman», – degan Meyvezer.

2015 yilning sentabrida u Andre Bertoni yengib, 39 yoshida yengilmas bokschi sifatida (49 jang, 49 g‘alaba, shundan 26tasi nokaut bilan) bokchchilikni tark etgandi. U barcha 5 toifa bo‘yicha jahon chempioni bo‘lgan. U shuningdek, 1996 yilgi Olimpiada o‘yinlarida bronza medal olgan.

Top