15:36 / 02.05.2016
3483

FT: Angliya banki Buyuk Britaniyaning YeIdan chiqishi ehtimoliga hozirlik ko‘rmoqda

Angliya banki Buyuk Britaniyaning umumxalq referendumi natijasiga ko‘ra, Yevropa Ittifoqi tarkibidan chiqishi ehtimoliga tayyorgarlik ko‘rmoqda, deb yozmoqda Financial Times gazetasi. 

Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, Angliya banki mamlakat Ittifoq tarkibidan chiqishi ehtimoli tufayli iyun oyida bank tizimining yetarli zaxirasini yig‘ish maqsadida 3ta valyuta auksioni o‘tkazishni rejalashtirgan. 

Monetar siyosat qo‘mitasi a'zosi Maykl Sondersning aytishicha, Britaniya Umumiy Yevropa uyidan chiqadigan bo‘lsa, funt sterling jiddiy bosim ostida qoladi. Xususan, funtning Britaniya asosiy savdo hamkorlari milliy valyutalariga nisbatan qadrsizlanishi 20 foizgacha yetishi mumkin.  

Bundan tashqari iqtisodchilarning fikricha, Buyuk Britaniyada YeIdan chiqish masalasi bo‘yicha referendum o‘tkazilishi sababli Angliya banki moliyaviy inqiroz boshlanganidan beri ilk marotaba foiz stavkalarini pasaytirishga majbur bo‘lishi mumkin.

Top