18:39 / 02.05.2016
6395

Xavi: «Kamp Nou»da «Real» kichik jamoalarga o‘xshab o‘ynaydi»

«Barselona» jamoasining sobiq futbolchisi Xavi aprel oyidagi el-klasikoda «Real»ning 2:1 hisobida g‘alaba qozonganiga munosabatini bildirib o‘tdi.

«Kamp Nou»da «Real» kichik jamoalarga xos o‘yin namoyish etadi.

«Barsa» va «Real» bunday o‘yinda o‘z o‘yin uslubini namoyish etishi raqibga bosim o‘tkazishdan tinmasligi kerak. Bu ikki jamoa «Atletiko»ga o‘xshab qolmasligi kerak.

Men Simeoneni hurmat qilaman, uning qo‘l ostida «Atletiko» erishayotgan yutuqlarda murabbiyning xizmatlari katta. Biroq bu jamoaning o‘yinlarini tomosha qilishni yoqtirmayman. Chunki «Atletiko» maydonning ikkinchi yarmida qamalib oladi va raqibni 1:0 hisobida mag‘lub etishga harakat qiladi. Bu jamoa o‘z darvozasiga avtobus qo‘yib oladi. Simeonening kuchli tomoni shundaki, u raqibning kuchli jihatlariga qarshi o‘ynashni biladi.

«Barselona» muxlislari jamoani tanimay qolishlari mumkin, agar bu jamoa boshqa uslubda o‘ynashga o‘tsa. Jamoaning uslubi o‘yinni nazorat qilib, o‘yin davomida 15-20ta xavfli vaziyatlar yaratishga asoslangan uslubdir. Bu uslubni muhokama qilish va yangilash shart emas», – deydi Xavi.

Top