22:51 / 02.05.2016
5801

Internetda qushni yamlay olmagan tunets uni tuflab yuborgani tasvirlangan video tarqaldi

Ispaniyaning La-Eskala shahri yaqinidagi sohilda sayyohlar tunets balig‘ining yanglishib, qushni yutib yuborishiga oz qolgani tasvirlangan g‘aroyib videoni suratga olishdi. 

Bir guruh kishilar yirik baliqni sardinalar bilan oziqlantirishayotgan edi. Biroq suv atrofidan uchib o‘tayotgan qush baliqqa berilayotgan yegulikni burni yordamida olib ketishga harakat qildi.

Nima bo‘layotganini tushunishga ulgurmagan tunets sardinaga qo‘shib qushni ham tutib oldi. Qushning baxtiga, oradan bir necha soniya o‘tgach, tunets bemaza qushni tuflab yuborgan.  Paytdan foydalangan qush esa suv yuzasiga suzib chiqqan va uchib ketishga muvaffaq bo‘lgan.

Top