«Barselona» hujumchisi Lionel Messi Yaponiyadagi teleshouda ishtirok etdi. Teleshouda u ulkan robot tomonidan qo'riqlangan darvozaga gol urishi talab etildi. Bu haqda 2 may kuni 101 Great Goals xabar tarqatgan.

Robot-darvozabon darvozani deyarli to'liq yopgan va uning qo'llari to'pni qaytarish uchun harakatlanib turgan.  Argentinalik hujumchi o'z vazifasini bajargan va 3ta imkoniyatdan ham unumli foydalangan.

Joriy mavsumda 28 yoshli Messi«Barselona» uchun barcha turnirlarda 30ta uchrashuv o'tkazgan va 25ta gol urgan.

Messi 5 marta «Oltin to'p»ga ega chiqqan yagona futbolchi hisoblanadi — (2009, 2010, 2011, 2012 va 2015 yillarda).