21:49 / 02.05.2016
60090

Ramzon Qodirov jiyani to‘yidagi kortejning kelib chiqishi tarixi aytib berildi 

Chechenistonda Ramzon Qodirov jiyanining to‘yida lyuks sinfidagi ko‘plab mashinalardan iborat vip-kortejning kelib chiqishi tarixi gapirib berildi, deb xabar bermoqda "Govorit Moskva" radiostansiyasi.

"Kavkazda to‘y bo‘lganda, barcha do‘stlar, qarindoshlar o‘z mashinalarida kuyovning kortejiga qo‘shiladilar va mos ravishda kortej qanchalik katta bo‘lsa, kuyov va uning oilasi shunchalik ko‘p obro‘ va hurmatga ega ekanligini bildiradi. Shuning uchun bu mashinalar umuman turli odamlarniki bo‘lib,, ular kuyov va uning oilasini qo‘llab-quvvatlash uchun kelishgan. Bu mashinalar barcha Kavkazdan kelgan", deb ma'lum qildi to‘yda bo‘lgan Chechen yoshlari ittifoqi raisi Rustam Tapayev.

Tapayevning aytishicha, lyuks sinfidagi mashinalarning ko‘pligi "kuyovning butun Kavkaz bo‘ylab ko‘plab do‘stlari borligini" bildiradi.

Avvalroq Ramzon Qodirov instagramida o‘zining katta akasi Zelimxonning o‘g‘li to‘yi haqidagi videorolikni chop etgandi.

Top