14:26 / 03.05.2016
6463

3 may - xalqaro astma kuni

Xalqaro astma kuni bronxial astma bo‘yicha Global tashabbus (Global Initiative for Asthma, GINA) doirasida har yili may oyining birinchi seshanbasida o‘tkaziladi. 

2016 yilda astma kuni bugun - 3 may kuni “Siz astmani nazorat qila olasiz” (You Can Control Your Asthma) shiori ostida bo‘lib o‘tmoqda. 

Xalqaro astma kuni bronxial astma muammosiga jamoatchilik e'tiborini jalb etish, odamlarni xastalik, uning tashxisi va davolash to‘g‘risida xabardorlik darajasini oshirish maqsadida tashkil etilgan. 

1998 yili Barselonada astma muammolari bo‘yicha Birinchi uchrashuv doirasida birinchi Xalqaro astma kuni o‘tkazildi. Ushbu kunni o‘tkazish tashabbusi 35ta mamlakat tomonidan qo‘llab-quvvatlangan. 

Bronxial astma sog‘liqni muhofazalash tizimining global muammosi hisoblanadi. Bu nafas yo‘llarining surunkali kasalligi. Jahon sog‘liqni saqlash vazirligi ma'lumoti bo‘yicha, bu xastalikdan butun dunyo bo‘ylab 235 million odam aziyat chekadi. 

O‘zbekistonda aholining 5 foizga yaqin qismida bronxial astma bor.

Astma – bolalar o‘rtasida eng ko‘p tarqalgan surunkali xastalik hisoblanadi.

Top