20:08 / 03.05.2016
19666

4 may ob-havo ma'lumoti

Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 4 may kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Kechasi 12-14, kunduzi 24-26 daraja issiq bo‘ladi. 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kechasi 10-15, kunduzi 15-20 daraja issiq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kechasi 12-17,  kunduzi 25-30 daraja issiq bo‘ladi. 

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Kechasi 10-15, kunduzi 22-27 daraja issiq bo‘ladi. 

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi.  Kechasi 15-20, kunduzi 24-29 daraja issiq bo‘ladi.   

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Kechasi 10-15, kunduzi 19-24 daraja issiq bo‘ladi. 

Respublikamizning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim tumanlarda yomg‘ir yog‘adi. Kechasi 3-8,  kunduzi 13-18 daraja issiq bo‘ladi.

Mavzuga oid
Top