16:04 / 03.05.2016
8331

Andijonlik talabalar elektromobil yig‘ishdi

Andijon mashinasozlik instituti talabalari o‘zlari yiqqan yangi elektrokarni sinovdan o‘tkazishdi. 

Elektromobil suratlari Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi «Voditeli Tashkenta» guruhida paydo bo‘lgan. Rasmlarga qoldirilgan izohlarda aytilishicha, mashina Andijon mashinasozlik instituti talabalari tomonidan ishlab chiqilgan va yosh ixtirochilar yarmarkasida namoyish etilgan. 

Elektr quvvati yordamida harakatlanuvchi transport vositasining tajriba namunasi «Qaldirg‘och» deb nomlangan.

Hozircha uning texnik xususiyatlari ma'lum emas.

Top