22:36 / 03.05.2016
4323

Paff Deddi qo‘shiqchilik faoliyatiga yakun yasaganini e'lon qildi

Amerikalik repper Paff Deddi (Puff Daddy) kino sanoatida ijod qilish maqsadida o‘z musiqiy faoliyatini to‘xtatishini e'lon qildi. Britaniyaning The Independent gazetasi xabariga ko‘ra, u bu haqida amerikaning Cigar Aficionado jurnaliga bergan intervyusida aytib o‘tgan. Uning mazkur intervyusi jurnalning may-iyun oyidagi sonida chop etiladi. 
«Men so‘ngi albomimni taqdim etib, 100 foiz vaqtimni filmlarni tasvirga tushirishga bag‘ishlamoqchiman. Oxirgi plastinkamning ommaga chiqishi kareramni to‘xtatish uchun eng qulay vaqt deb o‘ylayman», - dedi qo‘shiqchi o‘z intervyusida. Xonandaning aytishicha, u ketishdan avval jahon bo‘ylab turne o‘tkazishni rejalashtirmoqda. 
Repper uning yaratgan musiqalari o‘zidan keyin ham mashhur bo‘lishiga umid qilmoqda. «Men uzoq hayot kechiruvchi musiqa yaratganimni bilaman. Men faqat musiqiy chartlarda «osilib» turishim uchun yoki o‘zimni radio orqali tinglashim uchun ko‘shiq yozmayman»
 Uning so‘zlariga ko‘ra, Maykl Djyekson, Tupak Shakur (Tupac) va Biggi (Biggie) kabi xonandalar vafot etgan bo‘lsada, hanuz o‘z musiqalari sababli barhayotdir.
2015 yilda Forbes jurnali uni dunyodagi eng badavlat reper deya e'tirof etgan.

Top