13:04 / 04.05.2016
7942

Aktyor Eddi Myorfi to‘qqizinchi marotaba ota bo‘ldi

Hollivudning mashhur komik aktyori Eddi Myorfi 55 yoshida yana bir bor ota bo‘lish baxtiga muyassar bo‘ldi. Bu aktyorning to‘qqizinchi  farzandi bo‘lib, uning avvalgi turmushlaridan sakkiz nafar farzandlari (5ta qiz, 3ta o‘g‘il) bor. Biroq dunyoga kelgan qizaloq Myorfining rafiqasi, avstraliyalik model Peyj Batcherning birinchi farzandi. 

Aktyor qizaloqqa Izzi Una Myorfi deb ism qo‘ydi.

Shuni ham qayd etish joizki, Myorfining farzandlari to‘rtta begona ayoldan tug‘ilgan bo‘lsa-da, ular bayram yoki ta'tilda birga yig‘ilib, katta oilaga aylanishadi. 

Taniqli komik aktyor o‘zining “Beverli-Hillzlik politsiyachi”, “Telba professor”, “Doktor Dulittl” kabi filmlardagi esda qolarli obrazlari bilan tanilgan.
 

Top