13:54 / 04.05.2016
2362

Tsukerberg braziliyaliklarni so‘z erkinligi uchun kurashishga chaqirdi

Facebook tarmog‘i asoschisi Mark Tsukerberg o‘z sahifasi orqali Braziliyada WhatsApp messenjerining blokdan muvaffaqiyatli yechilganligi to‘g‘risida gapirib, mamlakat fuqarolarini erkin muloqot huquqi uchun kurashishga chaqirdi.

"Har bir insonning o‘zi istagan tarzda muloqot qilishining rad etilishi g‘oyasi Demokratik jamiyat uchun xos emas", - deb yozadi Tsukerberg.

Shu bilan birga u braziliyaliklarni "bu holat yana takrorlanmasligi uchun kurashish"ga chorladi. Tsukerberg ularni Internet Freedom Caucus tashkiloti bilan hamkorlikda 4 may kuni mahalliy vaqt bilan soat 18:00da bo‘lib o‘tadigan mitingda ishtirok etishga chaqirdi. Tadbirning maqsadi - bundan buyon internet tarmog‘ida erkinlikni cheklovchi harakatlarga yo‘l qo‘ymaydigan qonuniy choralarning ko‘rilishi. 

Bundan tashqari, Facebook asoschisi change.org. saytida petitsiyani imzolashga chorladi. Tsukerberg o‘z murojaatiga braziliyaliklar dunyoda  uzoq vaqt davomida ochiq internetni qo‘llashganini ta'kidlab yakun yasadi.

Top