YeChL. “Atletiko” finalda (Foto + Video)

Sport 04 May 2016 20134

Yevropa Chempionlar ligasi yarim final javob o'yini doirasida “Bavariya” va “Atletiko” uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Javob o'yini butunlay boshqacha ssenariy ostida o'tdi. Gvardiola shogirdlari yuqori ishtiyoq bilan o'yinni boshlab raqibga nisbatan katta bosim o'tkazishdi. "Matraschilar" qiyinchilik bilan raqib hujumlarini qaytarib turishdi, ammo bu yarim soatga cho'zildi, xolos. "Atletiko" himoyachisi Xose Ximenes jarima maydonchasi yarim aylanasi ichida Alabani yiqitdi. Xabi Alonso tomonidan yo'llagan jarima zarbasidan so'ng to'p jonli devorda turgan Ximenesning oyog'idan rekoshet holatda to'rga borib tushdi. 

Oradan 4 daqiqa o'tib, hisob 2:0ga o'zgarishi mumkin edi. Yana o'sha Ximenes o'z maydonchasi ichida Xavi Martinesni quchoqlab oldi va yiqitdi. Buni kuzatib turgan Junayt Chaqir darhol penalti belgiladi. Tomas M'uller yo'llagan zarbani Oblak qaytardi. Qaytgan to'pga Alonso yetib borib, o'tkir burchak ostida zarba berdi. Darvozabon bu safar ham jamoasini goldan qutqardi. 

Mana shu foydalanilmagan penalti, keyinchalik ma`lum bo'lishicha, "Bavariya" uchun juda qimmatga tushdi. Boisi, ikkinchi bo'limni “Atletiko” biroz hujumkor boshladi va qarshi hujumda hisobni tenglashtirdi. Torres Grizmanni birga bir vaziyatga chiqardi va Antuan imkoniyatdan foydalandi. 

Mazkur gol mezbonlarning shashtini pasaytirdi. Shunga qaramay, o'yin tugashiga 17 daqiqa qolganida Vidalning uzatmasini Levandovski darvozaga joyladi va “Bavariya”da umidni qayta uyg'otdi. O'yin tugashiga 7 daqiqa qolganida Junayt Chaqir jarima maydonchasi tashqarisida buzilgan qoidabuzalik uchun “Bavariya” darvozasiga penalti belgiladi. Torresning zarbasini Noyyer qaytardi. 

Qolgan daqiqalarda m'unxenliklar hujumlar tashkil qildi, ammo Oblak o'z darvozasini goldan saqladi. 

Shu tariqa, safardagi gol qoidasiga ko'ra “Atletiko” finalga chiqdi!

YeChL. 1/2 final. Javob o'yini.

Bavariya – Atletiko 2:1 (0:1)
Gollar
: Alonso (31), Grizmann (54), Levandovski (74).
Ogohlantirishlar: Ximenes 33, Martines 83.
Foydalanilmagan penaltilar:  M'uller 34, Torres 84.

Bavariya: Noyyer, Lam, Alaba, Boateng, Martines, Alonso, Duglas Kosta ( Komman 73), Vidal, Riberi, M'uller, Levandovski.

Atletiko: Oblak, Xuanfran, Godin, Ximenes, Filipe Luis, Gabi, Fernandes ( Karrasko 46), Koke (Savich 90+3), Saul, Grizmann ( Partey 82), Torres.

Ko'proq yangiliklar: