23:51 / 04.05.2016
73500

"Qamchiq" dovonida ko‘chki sodir bo‘ldi, qurbonlar bor

2016 yil 4 may kuni soat taxminan 14.00 da Namangan viloyati Pop tumani «Qamchiq» dovoni hududida ko‘chki sodir bo‘lgan. Bu haqda O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma'lum qildi.

A-373 M-39 avtomagistralida sodir bo‘lgan ko‘chki ostida ikkita avtomashina qolib ketgan.

Qurbon bo‘lganlar va jarohat olganlar bor.

Jabrlanganlarga zaruriy tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Voqea joyida ko‘chki bilan bog‘liq hodisa oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha tegishli xizmatlar ish olib borishmoqda.

Top