17:31 / 04.05.2016
3410

«Lester»ning APL chempioni bo‘lgani tvitter tarixidagi eng ko‘p muhokama qilingan mavzulardan biri bo‘ldi

«Lester» jamoasi 3 mayga o‘tar kechasi muddatidan oldin APL chempioniga aylangani ma'lum bo‘lgach, bu haqda tvitter ijtimoiy tarmog‘ida 5,5 mln tvit qoldirilgan.

Tvitter tomonidan taklif etilgan maxsus "chempionlik tviti" esa bir necha soat ichida 400 ming martadan ortiq retvit yiqqan. Bu tvitga 300 mingdan ortiq "layk" bosilgan.

Taqqoslash uchun, o‘tgan yili «Chelsi» jamoasi chempion bo‘lgani haqidagi tvit 38 365 marta retvitlangan, Germaniya futbol ittifoqining terma jamoa 2016 yilgi mundial g‘olibi bo‘lgani haqidagi tvit esa 18 498 marta qayta tvit qilingan.

 «Lester» g‘alabasidan keyin tvitter foydalanuvchilari «party» («ziyofat») so‘zini Yangi Yil kuni ishlatiladigan darajada ishlatishgan.

«Lester»ning chempionligi britaniyalik tvitter foydalanuvchilari faolligini 86 foizga oshirgan.

Top