14:47 / 04.05.2016
6743

Raneri «Lester»ning yozgi transferlar vaqtidagi rejalarini oshkor qildi

«Lester» jamoasi bosh murabbiyi Klaudio Raneri oldindagi yozgi transferlar vaqtida jamoaga superyulduzlar jalb etish rejasi yo‘qligini ma'lum qildi.

«Bizga superyulduzlar kerak emas. Men jamoa tarkibini kuchaytirishni istayman, ammo tarkibni yulduzlar bilan to‘ldirishni emas. Biz uchun kelgusi mavsumda yevrokuboklarda munosib ishtirok etish va Angliya chempionatida kuchli o‘nlikda qolish muhim.

Hozircha, bizga qancha futbolchi kerak ekanini aniq aytib bo‘lmaydi - Besh, olti, yetti yoki sakkiz? Agar jamoamdagilardan kimdir bizni tark etmoqchi ekanini aytsa, uni bu fikridan qaytarishga harakat qilaman. Axir bu fantastik jamoa.

Biz Angliya chempioni bo‘ldik va yaqin yillar ichida yana boshqa sovrinlar uchun ham kurashamiz. Agar futbolchilarimizdan kimdir ketishga qaror qilsa, keyin u bilan nima sodir bo‘lishini taxmin qilish qiyin. Bu yerda esa u qirollardek iltifotga ega bo‘lishi mumkin. Ketishdan oldin yaxshilab o‘ylab ko‘rish kerak, hech bo‘lmasa yana bir jamoada qolib, qaysi joy o‘zi uchun yaxshiligini bilib olishi kerak», – deya italiyalik mutaxassisning so‘zlaridan iqtibos keltiradi AR nashri.

Mavzuga oid
Top