09:57 / 04.05.2016
2582

Unicef: maktab yoshidagi 462 million bola gumanitar inqiroz ostida yashamoqda

Turli davlatlardagi qurolli qarama-qarshilik yoki tabiiy ofatlar natijasida 462 mln.ga yaqin maktab yoshidagi bola nochor tarzda umr kechirmoqda. Ushbu ma'lumotlarni BMT bolalar fondi (Unicef ) bergan.

"Maktab yoshidagi har to‘rtta bolaning bittasi – 462 mln. nafar bola – gumanitar inqiroz sharoitida yashamoqda", - deyiladi Unicef bergan ma'lumotda. Fondning qayd etishicha, 3 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan 75 mln. bola ta'lim olishga muhtoj. Bugungi kunda gumanitar yordamlarning 2 foizigina ta'lim dasturlariga yo‘naltirilmoqda.

Unicef ma'lumotiga ko‘ra, maktabga qatnayotgan 37 mln bola qurolli qarama-qarshiliklar va tabiiy ofatlar tufayli maktabga bora olishmayapti. Raqamlarga e'tibor qaratiladigan bo‘lsa, ayni kunlarda Suriyada 6000 maktab ushbu ofatlar tufayli berkitilgan.

Nigeriya shimoli-sharqi va Kamerunda harakatlanayotgan “Boko Haram” terrorchilik guruhi hujumlari oqibatida 1800 ta maktab ishlamay qo‘ygan. 

Ushbu ma'lumotlar bir necha hafta muqaddam Istanbulda ish boshlagan birinchi gumanitar sammitida keltirib o‘tilgan.

Top