15:14 / 05.05.2016
4509

Amerikaliklar eng ommabop bo‘lmagan mashinalar reytingini tuzib chiqdi

Shunday qilib, 2015 yilda AQShda eng kam sotilgan avtomobil Honda Insight gibrid xetchbeki bo‘ldi. 24/7 Wall St. nashri tomonidan tuzilgan aksilreytingning «Top-15»taligiga, shuningdek, Cadillac’ning 3 modeli va Honda, Fiat hamda Hyundai’ning 2tadan modeli kiritildi.

24/7 Wall St. mutaxassislari avtomobil savdosi bilan shug‘ullanuvchi Kelley Blue Book sayti tomonidan tayyorlangan mashinalar savdosiga oid statistik ma'lumotlar hamda ishlab chiqaruvchilarning har oy taqdim etadigan axborotlarini o‘rganib, ushbu ro‘yxatni tuzib chiqishgan. Reyting asosiga mashinalarning 2014 yilga nisbatan 2015 yildagi ko‘rsatkichlari va avtomobillarning omborxonada turgan o‘rtacha kuni olingan. 

Demak, tanishing: AQShda eng kam sotilgan avtomobillarning Top-15 ligi

O‘rin  Model  Savdolar (foiz)  Saqlangan muddati (kun)

1.  Honda Insight  -63,2  231,7
2.  Cadillac ELR  -21,8  208,6
3.  Dodge Avenger  -97,5  194,4
4.  Cadillac ATS  -10,1  153,3
5.  Fiat 500L  -36,7  145
6.  Honda Crosstour  -22,9  145
7.  Chevrolet Sonic  -30,7  142
8.  Cadillac CTS  -37,4  141,3
9.  Infiniti Q60  -49  140,8
10.  Fiat 500  -25,6  138
11.  Mitsubishi MIrage  +28,8  137
12.  Hyundai Azera  -23,4  135,3
13.  Nissan GT-R  -23,1  133,6
14.  Hyundai Equus  -31,7  132,6
15.  Buick LaCrosse  -18,3  132,3
Shuni ham aytish joizki, 2015 yilda ayrim mahsulotlarning savdosi to‘xtatilganiga qaramay, dilerlarda mavjudligi bois reytingdan joy olgan. Masalan, yo‘ltanlamas Honda Crosstour xetchbeki yoki Honda Insight 2016 yildan Amerikada sotilmayapti. Ammo ushbu turdagi mashinalar hanuzgacha rasmiy dilerlarning omborxonalarida xaridorini kutmoqda. 

2015 yil dekabrida Amerika iste'mol bozorini o‘rganuvchi Consumer Reports nashri 2015 yilning eng yomon mashinalari ro‘yxatini e'lon qilgan edi. Unda Jeep Wrangler Unlimited yo‘ltanlamasi eng past bahoga munosib ko‘rilgandi.

Top