18:04 / 05.05.2016
3723

Dunyoning "eng yashil" aviakompaniyalari nomlari e'lon qilindi

Finlyandiyaning Finnair aviakompaniyasi atrof-muhitni eng kam ifloslantiradigan aviakompaniya deb topildi.

Buyuk Britaniyadagi Uoriks universiteti tadqiqotchilari 20ta yirik tashuvchining ishini tahlil qilib chiqishdi. Bu boradagi reytingni tuzishda yoqilg‘i yondirilganda samolyotlardan chiqadigan karbonat angidrid chiqindilariga doir 2014 yilgi ma'lumotlar hisobga olindi. Tadqiqot natijalari Travel + Leisure nashrida chop etildi. 

2014 yilda Finnair faqat bioyoqilg‘ida ishlaydigan samolyotlar tomonidan amalga oshiriladigan birinchi - Xelsinki — Nyu-York transatlantik reysini yo‘lga qo‘ydi. Bioyoqilg‘i qovurishga mo‘ljallangan qayta ishlangan yog‘dan tayyorlanadi.

Tadqiqot mualliflaridan biri Frederik Dalmann Finnair'ning bunday yuqori natijaga erishishini kompaniyaning yetarlicha yangi va ekologik samolyotlarni ekspluatatsiya qilishida deb hisoblaydi. 

Reytingdagi ikkinchi pog‘onani Portugaliyaning TAP Portugal, uchinchi o‘rinni esa - Avstraliyaning Virgin Australia  tashuvchisi egalladi. 

Tadqiq etilgan kompaniyalar orasida eng yomonlari deb, Amerikaning American Airlines, Delta Airlines va United Airlines aviakompaniyalari topildi. 

Olimlar so‘nggi o‘n yilda aviatsiya sohasi alohida kompaniya va tadbirkorlarning ko‘rgan choralariga qaramay, atmosferani ifloslantirish darajasini pasaytira olmaganini ta'kidlashdi.

Top