19:14 / 05.05.2016
6409

IShID jangarilari bir yil mobaynida Iroqda 20 nafar mahalliy jurnalistni o‘ldirgan

"Al Mayadin" telekanalining xabar qilishicha, IShID terrorchilik guruhi jangarilari 1 yil davomida 20 nafar iroqlik jurnalistning umriga zomin bo‘lgan. 

Iroq matbuot erkinligini himoya qilish tashkiloti ma'lumotlariga ko‘ra, jangarilar jurnalistlarni o‘ldirishdan tashqari, "IShID nazoratidagi hududlarda hibsda saqlanayotgan jurnalistlarga doimiy azob berib keladi". Ular nafaqat advokatdan foydalanish, balki huquqshunos bilan muloqot qilish imkoniyatidan ham mahrumdirlar.

Tashkilotning uqdirishicha, Iroq jurnalistlari uyushmasi jangarilardan aziyat chekkan jurnalistlarning to‘liq ro‘yxatini tuzib chiqmoqda. Shundan so‘ng, Xalqaro jinoyat sudiga ariza topshiriladi. Uyushma xalqaro tuzilma jurnalistlar o‘limi va Iroqdagi OAVga nisbatan jinoyatlarni sodir etishda terrorchi guruh jangarilarini aybdor deb e'lon qilishiga umid qilmoqda.

Top