08:17 / 05.05.2016
10960

OAV: Erdo‘g‘an bosh vazir Dovudo‘g‘luni munosabatlardagi keskinlik sababli iste'foga jo‘natmoqchi

Reuters axborot agentligi o‘z manbalariga iqtibos keltirgan holda Turkiya bosh vaziri Ahmet Dovudo‘g‘lu yaqin orada iste'foga ketishi mumkinligini ma'lum qilmoqda. Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, mamlakat bosh vaziri Turkiyadagi yetakchi Adolat va taraqqiyot partiyasining navbatdan tashqari qurultoyida o‘zgartirilishi mumkin.    

Jurnalistlarning ta'kidlashlaricha, ular bu ma'lumotni partiyadagi beshta manbadan olishgan. Ma'lum qilinishicha, Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an va Ahmet Dovudo‘g‘lu 1,5 soatlik uchrashuv o‘tkazishgandan keyin bosh vazir o‘zgarishi mumkinligi haqida gaplar paydo bo‘la boshlagan.                           

Ta'kidlanishicha, qurultoy 21 maydayoq, biroq Ramazon oyining birinchi kuni – 6 iyundan kech bo‘lmagan muddatda o‘tkaziladi.

Reuters’ning eslatishicha, ikki siyosatchi bir necha hafta davomida omma ko‘z o‘ngida o‘zaro munosabatlarida keskinlik mavjudligini namoyish qilib kelishgan.  

Ahmet Dovudo‘g‘lu 2014 yildan beri Turkiya bosh vaziri lavozimini egallab keladi. Oxirgi vaqtda Erdo‘g‘an va Dovudo‘g‘lu o‘rtasida Yevropa bilan o‘zaro munosabatlar va hukumatni tanqid qiluvchilarni taqib qilish masalalari borasida ziddiyatliklar kuzatilmoqda.

Top