UYeFA 3-4 may kunlari o‘tkazilgan YeChL bahslari yakunlariga ko‘ra ramziy terma jamoani taqdim etdi.
Ramziy terma jamoaning darvozaboni sifatida Yan Oblak («Atletiko») tanlangan.
Himoya chizig‘i Xuanfran, Diyego Godin (ikkisi – «Atletiko»), David Alaba («Bavariya»), Daniel Karvaxal («Real») kabi futbolchilardan tarkib topgan.
Arturo Vidal, Xabi Alonso (ikkisi – «Bavariya»), Luka Modrich, Toni Kroos (ikkisi – «Real») esa yarim himoya chizig‘ini tashkil qilgan.
Ramziy terma jamoaning hujum chizig‘ida Garet Beyl («Real») va Antuan Grizmann («Atletiko») nomlari keltirilgan.