18:32 / 05.05.2016
26783

O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi tomonidan “Kasaba uyushmalari – faxriylarga”  aksiyasi o‘tkazildi

O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi tomonidan joriy yilning 5 may kuni Toshkentdagi “Urush va mehnat faxriylari Respublika pansionati”da Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlangan tantanali bayram tadbiri o‘tkazildi. Bu haqda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Respublikaning turli hududlarida istiqomat qilayotgan 2214 nafar ikkinchi jahon urushi qatnashchisiga kasaba uyushmalari tomonidan manzilli moddiy yordam  ko‘rsatildi.

Xususan, aksiya doirasida O‘zbekiston mustaqilligining 25 yilligi munosabati bilan har bir hududdan 25 nafardan, 350 nafar urush va mehnat faxriysining buyuk allomalar qadamjolariga hamda mustaqillik davrida O‘zbekistonda bunyod etilgan diqqatga sazovor maskanlarga tashriflari tashkil etildi.

Bundan tashqari mustaqillik yillarida xizmat vazifasini o‘tash chog‘ida halok bo‘lgan 217 nafar vatan himoyachisining oilalari holidan xabar olinib, ularga manzilli moddiy yordam ko‘rsatildi. 900 nafarga yaqin urush va mehnat fronti qatnashchisi tizimdagi sanatoriylarda davlat byudjyeti hisobidan, 150 nafar mehnat faxriysi esa kasaba uyushmasi mablag‘lari hisobidan bepul sog‘lomlashtirildi. Korxona, tashkilot va muassasalar boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitalari tomonidan esa hozirda nafaqada bo‘lgan urush qatnashchilari va mehnat faxriylari, 400 nafarga yaqin keksa avlod vakili, jangchi-faxriylar (baynalmilalchilar) uchun teatr, konsertlarga tashriflar va boshqa madaniy-ma'rifiy tadbirlar tashkil etildi. Shuningdek, ular moddiy va ma'naviy rag‘batlantirildi.

Mavzuga oid
Top