11:27 / 05.05.2016
22500

O‘zbekistonlik FIFA referisi Murod Muhammedov 35 yoshida vafot etdi

O‘zbekistonlik FIFA referisi Murod Muhammedov 5 may kuni 35 yoshida vafot etdi. Bu haqda O‘zbekiston futbol federatsiyasining Twitter’dagi rasmiy sahifasida xabar berildi.

"O‘FF bugun, 5 may kuni 35 yoshida vafot etgan FIFA hakami Murod Muhammedov oila a'zolariga chuqur hamdardlik bildiradi", deyiladi xabarda.

Bekobodlik futbol hakami Murod Muhammedovning olamdan o‘tishi sabablari ma'lum qilinmadi.

Top