19:14 / 05.05.2016
2853

Vitselning «Roma» o‘tishi sharti ma'lum qilindi

Rimning «Roma» jamoasi «Zenit»ning belgiyalik yarimhimoyachisi Aksel Vitselga jiddiy ravishda qiziqish bildirmoqda, ammo uning transferi bo‘yicha harakatlarga kirishishdan oldin u bilan bir ampluada o‘ynovchi  Miralem Piyanich va Radja Naynggolanning kelajagini hal qilib olish talab etiladi. Bu haqda La Gazzetta dello Sport xabar tarqatgan.

Vitsel ayni vaqtda rimliklar bosh murabbiyi bo‘lgan Luchano Spalletti bilan birga ishlagan va murabbiy 27 yoshli bu futbolchini transfer qilish tashabbusi bilan chiqmoqda.

Bundan oldinroq Piyanich «Bavariya» bilan shaxsiy shartnoma borasida kelishi olgani, Naynggolan esa «Chelsi»ga o‘tishga yaqin ekani haqida xabarlar berilgandi.

Mavzuga oid
Top