22:21 / 06.05.2016
3230

Allegri «Yuventus» bilan shartnomasini 2018 yilning 30 iyunigacha uzaytirdi

Kutilganidek, 6 may kuni «Yuventus» jamoasi bosh murabbiyi Massimiliano Allegri turinliklar klubi bilan shartnomasini uzaytirdi. «Ko‘hna sinoralar» jamoasining rasmiy saytida ma'lum qilinishicha, 48 yoshli mutaxassis bilan yangi shartnoma 2018 yilning 30 iyuniga qadar uzaytirilgan. Uning amaldagi shartnomasi muddati 2017 yilning yoziga qadar edi.

Italyan OAVida bundan oldinroq yangi shartnomaga ko‘ra Allegri yiliga 5 mln yevro miqdorida maoshi olishi haqida xabarlar berilgandi.

Allegri «Yuventus»ni 2014 yildan buyon boshqarib kelmoqda, uning bosh murabbiyligida jamoa 2 marta Italiya chempioni va bir marta Milliy Kubrkka ega chiqqan.

Mavzuga oid
Top