16:15 / 06.05.2016
3593

Xitoyda 8 dyuymli Galaxy Tab S3 8.0 plansheti uchun sertifikat olindi

Janubiy Koreyaning Samsung giganti 2015 yilda ishlab chiqqan Galaxy Tab S2 8.0 va Tab S2 9.7lar o‘rniga ikkita yangi  planshetini namoyish etadigan ko‘rinadi. Yangi mahsulotlar ham avvalgilari kabi 8 va 9,7 dyuym diagonalli ekranlarga ega bo‘ladi. Shunga ko‘ra, Galaxy Tab S3 8.0 va Galaxy Tab S3 9.7 nomini oladi. 

Xitoy telekommunikatsiya qurilmalarini sertifikatlash markazi (TENAA) Samsung kompaniyasining yangi planshetiga oid ma'lumotlarni oshkor etgan. U rasmiy hujjatlarda Samsung SM-T719C deb qayd etilgan. 

Gap ayni biz ko‘rib chiqayotgan Galaxy Tab S3 8.0 plansheti haqida borayotan bo‘lishi ehtimol. Planshet allaqachon sertifikatlash jarayonidan o‘tib bo‘lganiga qaraganda, aytish mumkinki, u tez orada Xitoyda taqdim etiladi. 

Galaxy Tab S3 8.0 tashqi ko‘rinishidan Tab S2 8.0dan farq qilmaydi. Ularning barcha o‘lchamlari (198,6 × 134,8 × 5,6 mm) va vazni (272 g) bir xil.

 Ularning asosiy farqi shundaki, Tab S3 8.0 Android 6.0 Marshmallow operatsion tizimida ishlaydi va sakkizyadroli 1,8 GGts lik Snapdragon 652 protsessori bilan ishlab chiqariladi. 

Uning boshqa tasniflari esa avvalgi modelniki kabidir: 2048 × 1536 nuqta o‘lchamli AMOLED-ekran, 8-Mp.li asosiy va 2-Mp.lik old kamera, 3 Gbayt operativ xotira, 32 Gbaytlik microSD flesh-xotirasi uchun o‘rin. Batareya quvvati 4000 mA•s. 

Ammo hozircha uning narxi va savdoga chiqish muddati noma'lum.

Top