17:36 / 06.05.2016
4783

Mail.ru o‘g‘irlangan login-parollar yuzasidan o‘tkazilgan tekshiruvlar natijasini e'lon qildi

Mail.ru axborot xavfsizligi bo‘yicha mutaxassislari kiber xavfsizlik bo‘yicha ekspert Aleks Xolden tomonidan taqdim etilgan baza fragmentini o‘rganib chiqishgan. Xoldenning so‘ziga ko‘ra, taqdim etilgan bazadagi axborotlarning  99 foizidan foydalanilmaydi. 

Bundan avval, Aleks Xoldenning Hold Security kompaniyasi, millionlab o‘g‘irlangan elektron pochta ma'lumotlariga ega rus xakerini aniqlagani haqida ma'lum qilgan edi. Kompaniyaning aniqlashicha, bazadan o‘g‘irlangan ro‘yxatdagi 57 milliondan ortiq hisob yozuvlari Mail.ru elektron pochta xizmatiga tegishli bo‘lgan.

Biroq Rossiya kompaniyasi bazani mustaqil o‘rganib chiqqach, uning 99,982 foiziga amal qilinmasligini ta'kidlamoqda. Mail.ru’ning yozishicha, ushbu ma'lumotlar bazasi turli internet onlayn xizmatlarni buzish orqali olingan login-parollardan to‘plangan bo‘lishi mumkin. 

Aniqlanishicha, o‘g‘irlangan login-parollarning atigi 0,018 foizi ishlashi mumkin. Mazkur ehtimolga tushgan pochta egalariga parolni o‘zgartirish tavsiya etilgan. 

Kompaniya ekspertlari va mustaqil tahlilchilarning so‘zlariga ko‘ra, parollar bazasi hech qanday qiymatga ega emas va ommaviy fishing hujumlari vositasida jamlangan ko‘rinadi. 

Shunday qilib, Mail.ru’ning xulosa qilishicha, Xoldenning hisoboti shunchaki o‘z kompaniyasi biznesiga e'tiborni tortish maqsadida amalga oshirilgan axborot hujumi xolos.

Top