08:20 / 06.05.2016
3699

Microsoft kompaniyasi Windows 10 uchun bepul yangilanishlarning tugashi sanasini e'lon qildi

Microsoft kompaniyasi Windows 10 operatsion tizimi uchun bepul yangilanishlar foydalanuvchilarga 29 iyulgacha taqdim qilinishini e'lon qildi. Bu haqda kompaniyaning rasmiy blogida ma'lum qilindi. 

29 iyuldan keyin Windows 10 yangi qurilmalar bilan yetkazib beriladi yoki uni sotib olish mumkin bo‘ladi.

Bundan tashqari, kompaniya Windows 10 butun dunyo bo‘ylab 300 mln ta faol ishlatiluvchi qurilmaga o‘rnatilganini ma'lum qildi. 

Blogda mutaxassis Rayan Roupert Windows 10’ga o‘tishning afzalliklari haqida 10 dalil keltirgan rolik ham joylashtirildi.

Top