09:02 / 06.05.2016
5348

"Odobli" timsoh uy qo‘ng‘irog‘ini chalib mehmonga kirishga harakat qildi

AQShning Janubiy Karolina shtatidagi Monks Korner shahridagi uylardan biriga alligator kirmoqchi bo‘ldi. Timsohni qo‘shni uy egasi Geri Rojyers payqab qolib, uni videoga oldi. 

Internetda chop etilgan bu videoda timsoh kirish eshigiga tirmashib, go‘yoki uy qo‘ng‘irog‘ini chalishga harakat qilib, unga talpinayotganini ko‘rish mumkin. Uyning egasi Jyemi Beyli uyga qaytganda eshigida ko‘plab tirnalish izlarini ko‘rgan.
 
Voqea guvohi mahalliy teldevideniyega bergan intervyusida timsoh o‘zini tajovuzkor tutmaganini aytdi. U sudralib yuruvchi uy yonidagi hovuzga tushishga harakat qilgan, degan taxminni bildirdi.

Top