08:53 / 06.05.2016
4959

Ramzon Qodirov Checheniston oliy sudi raisiga iste'foga ketishni taklif qildi

Checheniston rahbari vazifasini vaqtinchalik bajaruvchi Ramzon Qodirov respublikaning oliy sudi raisi Magomed Karatayev va yana 3 nafar sud hakamiga  iste'foga ketishni taklif qildi, deb xabar bermoqda RBK nashri.

"Men Checheniston oliy sudi raisi Magomed Karatayev va yana 3 nafar sud hakamiga agar ularda burch va professional axloq tushunchasi bo‘lsa, ariza yozib, o‘z lavozimlaridan ko‘ngilli tarzda ketishni taklif qildim. Aminmanki, bu ularning hayotidagi eng to‘g‘ri karor bo‘ladi", deb yozdi Qodirov instagramida.

Ushbu taklif oliy sud a'zolari va tumanlar federal hakamlari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda bildirildi. Bu yig‘ilishda "jinoiy ishlarni ko‘rib chiqish muddatlarining cho‘zilishi bilan bog‘liq misollar" keltirildi.  Yig‘ilishda shuningdek "federal qidiruvda bo‘lgan, noqonuniy qurollangan tuzilmalar ishtirokchisi sud qarori bilan "bedarak yo‘qolgan" deb e'lon qilinishi kabi qo‘pol xatolikqa yo‘l qo‘yilgani" ham ta'kidlab o‘tildi. Bahsli kvartiralar bo‘yicha ishlarning qo‘rib chiqilishidagi amaliyot Qodirovning eng katta e'tiroziga sabab bo‘ldi. "Bir ish bo‘yicha bir-biriga zid keluvchi qarorlar chiqarilgan holatlar mavjud", deb bunday holatlarni sanab o‘tgan Qodirov.

"Chechenistonda unga nisbatan adolatsiz hukm chiqarilgan yoki qilgan ishi uchun javobgarlikka tortilmagan biror odam bo‘lmasligi kerak", deb ta'kidlab o‘tdi Qodirov.

Top