18:43 / 06.05.2016
6363

Rim papasiga Buyuk Karl mukofoti topshirilishi mumkin

Rim papasi Frantsisk xalqaro miqyosdagi Buyuk Karl mukofotiga sazovor ko‘rilishi mumkin. Bu haqda Associated Press xabar tarqatgan.

Papa inqiroz vaqtida kishilarni ilhomlantirish va ularga ilhom baxsh etish uchun amalga oshirgan harakatlari uchun mukofotlanishi mumkin.

Frantsisk 6 may kuni xususiy audentsiya o‘tkazdi va avvalroq shunday mukofotni olgan Yevropa parlamenti raisi Martin Shults, shuningdek Yevrokomissiya rahbari Jan-Klod Yunker, Yevropa kengashi rahbarri Donald Tusk hamda Germaniya kansleri Angela Merkelni qabul qilgan.

Yevropaning birligi yo‘lida ko‘rsatilgan xizmatlar uchun ta'sis etilgan Buyuk Karl mukofoti har yili Germaniyaning Axen shahrida topshiriladi.

Mavzuga oid
Top