11:57 / 06.05.2016
8681

ShHT tashkil topganiga 15 yil to‘lishi munosabati bilan a'zo davlatlarning elchilari Shanxayda uchrashdi

2016 yilning 4-5 may kunlari Shanxay shahrida, ya'ni mazkur shaharda Shanxay hamkorlik tashkilotiga asos solinganiga 15 yil to‘lishi munosabati bilan tashkilotga a'zo davlatlar elchilari uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Unda Qozog‘istondan Sh.Nurishev, Qirg‘izistondan K.Baktigulova, Rossiyadan A.Denisov, Tojikistondan P.Davlatzoda, O‘zbekistondan D.Kurbanov, XXR TIV Markaziy Osiyo va Yevropa departamenti direktori o‘rinbosari Tszyan Yan hamda ShHT Bosh kotibi R.Alimov ishtirok etdi.

Diplomatik missiyalar rahbarlari Shanxay shahri meri Yan Syun bilan uchrashishdi.

Elchilar ShHTga a'zo davlatlar rahbarlarining 2001 yil 15 iyunda birinchi sammiti bo‘lib o‘tgan joyga tashrif buyurishdi. Dastlabki hujjatlar imzolangan zalni ko‘zdan kechirishdi.

Shanxay shahridagi Shanxay ijtimoiy fanlar akademiyasida shaharning ilmiy va ekspertlar vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi va unda ShHT Bosh kotibi R.Alimov “ShHTga 15 yil: erishilgan yutuqlar va istiqbollar” mavzusida ma'ruza qildi.

Top