19:13 / 06.05.2016
4424

TIVdagi uchrashuvda o‘zbek-bolgar munosabatlaridagi dolzarb masalalar ko‘rib chiqildi

2016 yilning 6 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Bolgariya respublikasining Muvaqqat ishlar vakili Georgi Prodanov bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Muloqot davomida ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb jihatlari, jumladan yuqori darajadagi Bolgariya delegatsiyasining Toshkentda bo‘lib o‘tadigan “O‘zbekiston neft va gazi – OGU-2016” xalqaro konferensiyasida ishtirok etishiga oid amaliy masalalar hamda bo‘lajak O‘zbekiston-Bolgariya uchrashuvlarining kun tartibi va dasturi yuzasidan fikr almashildi.

Top