Respublikachilar partiyasidan AQSh prezidentligiga nomzod Donald Tramp feysbuk sahifasida ispan tilida so‘zlashuvchilarga mehrini izhor qildi.
“Sinko de Mayo (Meksikaning milliy bayrami) muborak bo‘lsin! Eng yaxshi tako-boul Trump Tower Grill (Trampning restorani)da tayyorlanadi. Men ispan tilida so‘zlashuvchilarni yaxshi ko‘raman!”, - deb yozib qo‘ydi Tramp.