15:31 / 06.05.2016
8781

«Umidsiz yashab bo‘lmaydi...»

Boburjon Murodov  o‘n beshinchi «Yurak hikoyasining» qahramoni.  To‘rt oy muqaddam uning tug‘ma yurak xastaligining - yurak qorinchalari o‘rtasidagi pardalar nuqsonini tuzatish bo‘yicha operatsiya qilishgan. Bu kunga yetguncha bir asr kabi cho‘zilgan uzoqdan-uzoq o‘n yillik masofa yotibdi. Bolaning har bir shamollashi hayotiga katta xavf edi. Ruhiy tushkunlik kunlari qandaydir mo‘'jizaga ishonch va umid bilan almashib keldi. «Umidsiz yashab bo‘lmaydi» deydi Boburjonning onasi Gulirano.

Yordam «Sochnaya Dolina» savdo belgisining «Hayotlarning birgalikda qutqaraylik!» aksiyasi orqali keldi. Albatta bu mo‘'jiza edi, lekin bu mo‘'jizani kasal bolalarga yordam berish ishtiyoqida bo‘lgan oddiy insonlar ro‘yobga keltirdi. 2016 yilning noyabr oyi mobaynida har bir sotilgan «Sochnaya dolina» sharbati qutisidan tushgan pulning bir qismi Toshkent tibbiy pediatriya institutining xayriya hisob raqamiga o‘tkazildi. Bolalarga tezroq yordam berish ishtiyoqida bo‘lgan bolalar kardiojarrohlik Markazining jarrohlari ham ushbu aksiyaning nihoyasiga yetishini umid bilan kutishdi. Aktsiya o‘n beshta oksigenatorlar xarid etishga yetarli mablag‘ yig‘ishga muvaffaq bo‘ldi. Shuni ham bilib qo‘yish lozimki, ushbu moslamalarsiz ochiq yurakda operatsiya o‘tkazishga iloj yo‘q. Aktsiya doirasida 15 bola operatsiya qilindi va shifokorlar aytishlaricha, hammasining sog‘liklari a'lo darajada.

Aktsiya tugadi, lekin... u davom etmoqda, chunki ezgulikka tashna insonlar aksiyani qo‘llab-quvvatlagan va yoritgan OAV tahririyatlariga, «Sochnaya dolina» kompaniyasiga, bolalar kardiojarrohlik Markaziga yordamga muhtojlarga ko‘maklashish niyatida murojaat qilishlari davom etmoqda. Aktsiya jiddiy muammoga odamlarning e'tiborini jalb etdi. O‘zbekistonda bolalarni davolash, umuman bolalar uchun tibbiy yordam bepul. Jarrohlar kechayu-kunduz ishlashga tayyor, lekin oksigenatorlar hamma operatsiyaga muhtoj bolalar uchun yetishmaydi.

«Sochnaya dolina» savdo belgisi «Birgalikda hayotlarni qutqaraylik!» aksiyasini qo‘llab-quvvatlaganligi uchun Toshkent pediatriya institutining boshqaruviga o‘z minnatdorchiligini bildiradi. Har bir xayriya aksiyasining ortida tashkilotchilar va sheriklarning katta mexnatlarii, ishlarning shaffofligi, turli hil hisobotlar turadi. Toshkent tibbiy pediatriya institutining rahbariyati turli, lekin bu holatda zarur bo‘lgan murakkab byurokratik jarayonlardan o‘tib, yordamga muhtojlarga uni muhayyo qildilar. Va, albatta, bolalar kardiojarrohlik Markazi jarrohlariga chuqur ta'zim keltiramiz.

Operatsiya qilingan bolalardan birining onasi «Endi men yashashni istayman!» degan edi. Shunday so‘zlar, albatta nihoyat qimmatli va ularni har bir «Hayotlarni birgalikda qutqaraylik!» aksiyasiga hissa qo‘shgan inson unga bildirilgan minnatdorchilik sifatida qabul qilsa bo‘ladi! 
 
«Sochnaya dolina» savdo belgisi o‘tkazgan xayriya aksiyasining natijasida 15 bolaga operatsiya o‘tkazildi va hammasining sog‘ligi a'lo:

Faxriddin To‘rayev

Boburjon Murodov

Xojiaxmad Jamoliddinov

Muzaffarbek Abduvaliyev

Umidjon Tangriyev

Xondona Maxmudaliyeva

Shodiya O‘ljaboyeva

Bexruz Sharipov

Jonibek Choriyev

Abdulaziz Xasanov

Mirzamurod Mirzayev

Bibisora Jurayeva

Tamanno Tojiboyeva

Boris Yugay

Shaxnoza Ikramova

Reklama sifatida chop etilgan

Top