14:39 / 07.05.2016
3070

Keniya hukumati xavfsizlik nuqtai nazaridan mamlakatdagi barcha qochqinlar lagerini yopmoqda

Keniya hukumati mamlakatdagi qochqinlar lagerini yopishni rejalashtirmoqda, deb xabar beradi Deutsche Welle.
Bu haqda mamlakat IIV vakili Karandja Kibicho ma'lum qilgan.

Hukumat fikricha, lagerlar Keniyaning iqtisodi va xavfsizligiga jiddiy zarar yetkazadi. Mamlakat TIVda olib borilgan muhoakamalarga muvofiq, birinchi galda, Somalidan kelayotgan qochqinlar oqimi to‘xtatiladi.

Bundan tashqari, yopiladigan lagerlar sirasiga Keniya sharqida joylashgan Daadabdagi 328 ming kishilik lager (bu yerda somalilik qochqinlar bor) va Kakumedagi 190 ming kishilik lager (janubiy sudanliklar) yopiladi.

Hukumat, shuningdek, qochqinlar ishi masalasida gumanitar tashkilotlar bilan hamkorlik qiluvchi departamentni ham tarqatib yuborgan.

Top