16:21 / 07.05.2016
4990

Kosovo hukumati organlarining maxsus shtampi (apostil) bilan tasdiqlangan hujjatlar O‘zbekistonda qabul qilinmaydi

Xorijiy rasmiy hujjatlarni legallashtirish talabini bekor qiluvchi Konventsiyaga (Gaaga, 1961 yil, 5 oktabr) Kosovo Respublikasining qo‘shilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi depozitariy organ - Niderlandiya Qirolligi Tashqi ishlar vazirligiga mazkur Konventsiya moddalari mamlakatimiz va Kosovo o‘rtasida qo‘llanilmasligi to‘g‘risida ma'lum qildi. Bu haqida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi. 

Ushbu mexanizm Konventsiyaning 12-moddasida belgilangan. Shu sababli Kosovo hukumati organlarining maxsus shtampi (apostil) bilan tasdiqlangan hujjatlar O‘zbekistonda qabul qilinmaydi.

Top