06:54 / 07.05.2016
2519

Meksika qirg‘oqlari yaqinida zilzila sodir bo‘ldi

Meksika qirg‘oqlari yaqinida 5,7 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi, deb xabar bermoqda AQSh geologik xizmati.

Zilzila markazi Meksikaning San Patrisio shahridan janubi-g‘arbiy tomon 114 km uzoqlikda, o‘chog‘i 13,2 km chuqurlikda bo‘lgan.

Qurbonlar va vayronagarchiliklar haqida ma'lumot berilmagan.

Top