13:31 / 07.05.2016
6298

OAV: Abe Putinga 8 punktdan iborat iqtisodiy hamkorlik rejasini taklif qildi

Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashuvda ikki mamlakatning 8 punktdan iborat iqtisodiy hamkorlik rejasini taqdim etdi. Nikkei nashri bu haqida ma'lum qildi. 

Ma'lumotga ko‘ra, bir joyda qotib qolgan hududiy masalalarni hal qilish maqsadida Abe Rossiyaning Uzoq Sharqidagi energetik va infratuzilmani rivojlantirish loyihalarida Yaponiyaning ishtirokini taklif qildi. 
Abening rejasi jami 8 punktdan iborat bo‘lib, ular suyultirilgan gazni qayta ishlovchi zavodlar, portlar, aeroportlar, shifoxonalar va boshqa infratuzilma obektlari qurilishini o‘z ichiga olgan. 

Mazkur hamkorlik Kuril orollari muammosini bartaraf etishdagi taraqqiyotga asoslanadi.
Shuningdek, ushbu uchrashuvda Putinning Yaponiyaga qoldirilgan safarini amalga oshirish rejalari hal qilib olindi.

Top