Diyego Simeone: Hozir «Atletiko» Chempionlar ligasi finali haqida o'ylamayapti

Sport 08 May 2016 3833

Madridning "Atletiko" klubi bosh murabbiyi Diyego Simeone "Real" jamoasiga qarshi kechadigan Chempionlar ligasi final bahsi haqida o'ylamayotganini aytdi.

- Ayni damda bor e`tiborimiz "Levante"ga qarshi kechadigan o'yinga qaratilgan.

Chempionlar ligasi finalini muhokama qilish uchun hali oldinda 15 kun bor. Biz hozircha dolzarb masalalarni hal qilishga harakat qilib ko'ramiz.

Chempionatda boshqa jamoalarga ishonib qolishimiz kerak emas. "Atletiko" qolgan o'yinlarda iloji boricha ko'proq ochko to'plashga urinadi. Faqat tinmay mehnat qilib, kerakli natijalarga erishish haqida o'ylayapmiz, - deya Simeonening so'zlarini keltiradi uff.uz sayti.

Ko'proq yangiliklar: