16:13 / 08.05.2016
25451

Dunyoning eng hurmatga sazovor erkaklari ro‘yxatini tuzildi

YouGov tadqiqot kompaniyasi har yili dunyoning eng hurmatga sazovor erkaklari ro‘yxatini tuzadi. Bu yil 1-o‘rin Microsoft asoschisi Bill Geytsga nasib etdi. Bu haqida  Daily Mail xabar berdi. 
Bill Geytsdan keyingi 2-o‘ringa AQSh prezidenti Barak Obama, 3-o‘ringa XXR rahbari Si Tszinpin sazovor bo‘lishdi. 

Reytingning 4-pog‘onasidan aktyor Jyeki Chan, 5-pog‘onasidan esa olim Stiven Xokinglar o‘rin olishdi. 

Shuningdek mazkur reytingga Dalay lama, Rim papasi Frantsisk, Hindiston bosh vaziri Narendra Modi va   Alibaba Group rahbari Jyek Malar kiritilgan.  
Eng hurmatga sazovor ayol sifatida esa aktrisa Anjyelina Joli tan olingan. 

Reyting yaratuvchilarning ta'kidlashicha, eng hurmatga loyiq insonlar reytingi ularning ijtimoiy faoliyati prinsiplariga asoslanadi.

Top