00:16 / 08.05.2016
8512

Kolumbiyalik parashyutchilar osmonda Garri Potter haqidagi filmdagi kviddich o‘yinini o‘ynashdi

Internetda Kolumbiyaning ETB telekommunikatsion kompaniyasining reklama roligi ommalashmoqda. 

Videoda samolyotdan sakragan bir necha parashyutchi yosh sehrgar Garri Potter haqidagi filmda o‘ylab topilgan o‘yin – kviddich o‘ynashadi. Parashyutchilar parvoz vaqtida uzun supurgilarga minib olib, eng katta to‘p – kvoffl uchun kurash olib bordilar. Rolik so‘ngida parashyutchilardan biri to‘pni qolgan ikki ishtirokchi ushlab turgan halqaga tashlashga muvaffaq bo‘ladi. Shundan keyin barcha parashyutchilar parashyutlarini ochib yuboradilar.

Mavzuga oid
Top