23:45 / 08.05.2016
6023

Luis Suares Ispaniya chempionatining joriy mavsumdagi 1000-to‘pining muallifiga aylandi

Ispaniya chempionatining 37-turida "Barselona" va "Espanol" o‘rtasidagi uchrashuvda Luis Suares Ispaniya chempionatining joriy mavsumdagi 1000-to‘pini kiritdi. Uchrashuv 5:0 hisobida "Barsa" foydasiga yakunlandi. Suares uchrashuvda dubl qayd qildi.

Suares joriy mavsumda "Barsa" uchun barcha musobaqalarda o‘tkazgan 51 ta uchrashuvida 56 ta gol urdi. 

Urugvaylik futbolchi chempionat to‘purarlari ro‘yxatida 39 ta gol bilan peshqadamlik qilmoqda. Undan keyingi o‘rinda "Real" hujumchisi Krishtianu Ronaldu 35 ta gol bilan kelmoqda.

Mavzuga oid
Top