20:13 / 08.05.2016
23941

Moskva viloyatida besh baykerning qotili o‘z uyi yaqinida ushlandi

Moskva viloyatining Yegorevskiy sudi besh baykerning qotilini hibsga olish uchun sanksiya berdi. Bu haqda sud matbuot kotibi Natalya Osipova xabar bermoqda.
«Olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari natijasida besh baykerning qotili Ilya Aseyev sudning qaroriga ko‘ra, hibsga olindi», — dedi u.

Ma'lum bo‘lishicha, 27 yoshli yigit Cheloxovo qishlog‘ida, o‘z uyi yaqinida huquq-tartibot idoralarining kuch ishlatar bo‘linmalari tomonidan hibsga olingan. 
Shuni alohida ta'kidlash kerakki, u o‘zi o‘ldirgan qurbonlarining oila a'zolaridan uzr so‘ragan.

Mavzuga oid
Top