10:17 / 08.05.2016
4865

Rossiya Erondan keltirilgan mahsulotlarga 25 foizlik bojxona imtiyozini berdi

Rossiya Eronga o‘z mahsulotlarini Rossiyaga olib kirishida 25 foizlik bojxona imtiyozini taqdim qildi, deb xabar bermoqda Eron savdoni rivojlantirish tashkiloti vakili Hasan Mirtojiga iqtibos keltirgan holda RIA “Novosti” axborot agentligi.  

"Rossiya Erondan import qilinadigan mahsulotlarga alohida imtiyoz, jumladan bojxona to‘loviga 25 foizlik chegirma berdi", deb aytdi Mirtoji.

Mirtoji shuningdek mahsulotlarni eksport qilish va tashishga xarajatlar kamaytirilganini ma'lum qildi.

Top