15:36 / 08.05.2016
6155

Saul Alvares Amir Xonni ustidan g‘olib keldi

8 may kuni AQShning Nevada shtati, Las-Vegas shahrida o‘rta vazn toifasining WBC versiyasi bo‘yicha jahon chempioni 25 yoshli meksikalik Saul "Kanelo" Alvares birinchi yarim o‘rta vazn toifasida sobiq jahon chempioni 29 yoshli britaniyalik Amir Xonni mag‘lubiyatga uchratdi.

Endi mazkur to‘qnashuv g‘olibi ushbu vaznda WBA (Super), WBC (Interim), IBO va IBF kamarlari sohibi qozog‘istonlik Gennadiy Golovkinga qarshi ringga chiqishi kerak. Agar tomonlar bir oy ichida kelishuvga erisha olmasa, Alvares kamaridan mahrum bo‘ladi.

Top