Diyego Simeone: "Futbolning jozibasi shundaki, Chempionlar Ligasi finalchisi chempionat autsayderiga yutqazishi mumkin"

Sport 09 May 2016 3426

"Atletiko" futbol klubining bosh murabbiyi Diyego Simeone "Levante"ga qarshi kechgan uchrashuv haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi. Ispaniya chempionatining 37-turidan o'rin olgan uchrashuv madridliklarning 2:1 hisobidagi mag'lubiyati bilan yakunlandi. Jamoa bu mag'lubiyati sababli chempion bo'lish uchun barcha imkoniyatdan mahrum bo'ldi.

"Bizga ikkinchi to'pni kiritish uchun istak yetmadi, deb hisoblamayman. Biz uchrashuvni yomon boshlamadik, biroq shu tarzda davom ettira olmadik. Raqib yaxshi himoyalandi.

"Levante" uchrashuvning oxirigacha kurashdi. Futbolning jozibasi ham shundaki, Chempionlar Ligasi finalchisi chempionat autsayderiga yutqazishi mumkin.

Biz Chempionlar Ligasining yarimfinalidan keyingi charchog'imizdan o'zimizni oqlash uchun foydalana olmaymiz. Biz bu mavsumni yaxshi tugatmoqdamiz, "Atletiko" "Real" va "Barselona"dan biroz ortda qoldi. 

Yakuniy tur oldidan chempion bo'lish uchun barcha imkoniyatni yo'qotganimiz albatta alam qiladi.
O'yinchilarga ularning bu mavsumdagi o'yinlaridan faxrlanishimni aytdim. Endi mavsumni ikkinchi bo'lib tugatishga harakat qilamiz. Chempion borasida qaysidir jamoani afzalroq ko'ramanmi? Yo'q", deb aytdi Simeone.

Ko'proq yangiliklar: